21 noy 09:25
Yangiliklar

Italiya. Milan derbisida 4ta gol urildi
Unda hamshaharlar – “Milan” va “Inter” klublari o'zaro to'qnash kelishdi. Gollarga boy bo'lgan o'yinda “Milan” so'nggi daqiqada g'alabani qo'ldan chiqardi.
Ivan Perishichning 90-daqiqada kiritgan goli uchrashuvda jangovor durang -2:2 hisobi qayd etilishini taminladi. “Milan” bu durangdan so'ng 26 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Ikkinchi pog'onadagi “Roma”da ham shuncha ochko bor. Rimliklar bu turda “Atalanta”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Peshqadam “Yuventus” hisobida 33 ochko bor. “Inter” 18 ochko bilan 9-pog'onadan joy olgan.
Italiya chempionati. 13-tur
MILAN – INTER 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 42 Suso, 1:1 – 53 Kandreva, 2:1 – 58 Suso, 2:2 – 90 Perishich.
“Milan”: Donnarumma, Abate, Gomes, Paletta, De SHilo, Kucka, Lokatelli, Bonaventura (Pashalich, 88), Suso, Bakka (Fernandes, 71), Nyang (Lapadula, 79).
“Inter”: Xandanovich, D`Ambrozio, Medel (Murilo, 37), Miranda, Ansaldi (Nagatomo, 65), Brozovich (Yovetich, 75), Kondogbia, Kandreva, Joau Mariu, Perishich, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Kondogbia (19), Kucka (22), De SHilo (32), Ansaldi (49), Yovetich (78), Perishich (90).
Fikrlar