13 apr 17:43
Yangiliklar
Italiya va Turkiya Evro-2032 mezbonligi uchun davogar
Turkiya Futbol Federaciyasi Evro-2028 yoki Evro-2032 musobaqasini o'tkazish uchun ariza topshirgan bo'lsa, Italiya Futbol Federaciyasi 2032 yilgi Evropa chempionatini o'tkazish huquqi uchun davogarlik qilmoqda. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
SHu tariqa, Turkiya Evro-2028 mezbonligi uchun qo'shma ariza topshirgan Buyuk Britaniya va Irlandiya bilan raqobatlashadi, mag'lubiyatga uchragan taqdirda esa to'rt yildan keyin navbatdagi qita chempionatiga mezbonlik qilish huquqi uchun kurashda italiyaliklar bilan kuch sinashadi.
UEFA mamuriyati keyingi bir necha oy ichida har bir arizani ko'rib chiqadi va oktyabr oyida Ijroiya qo'mitasi qaysi omadli mamlakatlar 2028 va 2032 yilgi chempionatlarni o'tkazish huquqiga ega bo'lishi uchun ovoz beradi.
Fikrlar