14 mar 09:55
Yangiliklar
Futbol
Italiyaning ikki klubi 11 yil deganda ECHLning 1/4 finaliga chiqdi
Xabar berganimizdek, kecha oqshom “Roma” klubi Jekoning yagona goli evaziga “SHaxtyor”ni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l olgandi.
O'tgan hafta esa “Tottenxem” ustidan g'alaba qozongan “Yuventus” ham 1/4 finali yo'llanmasiga ega chiqqan edi. Bu bilan ushbu mavsum CHempionlar ligasining 1/4 finalida o'ynaydigan Italiya jamoalari ikkitaga etdi.
Bunday natija 2006/2007-yilgi mavsumdan beri kuzatilmayotgan edi. O'shanda “Milan” hamda “Roma” jamoalari 1/4 finali bosqichiga chiqishga erishgan edi.
Havola :
Fikrlar