07 iyu 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Ivan Dichko Dana Uayt boshchiligidagi Zuffa'da ilk g'alabasini nishonladi (VIDEO)
Superog'ir vazn toifasidagi qozog'istonlik prof bokschi Ivan Dichko (16-1, 14 KO) Angliyaning Bornmut shahrida ringga ko'tarildi.
Bu Zuffa Boxing tashkilotining AQSHdan tashqaridagi ilk turniri bo'ldi.
35 yoshli Dichkoning raqibi 30 yoshli Xarvi Dayks (7-1-1) edi. U havaskorlar o'rtasida Angliya chempioni bo'lgan.
Jang to'liq davom etib, yakunda Ivan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Malumot uchun, Zuffa Boxing bilan shartnoma imzolagan qozog'istonliklar orasida Daniyar Eleusinov (15-0, 8 KO) ham bor. Biroq uning ushbu promoushendagi debyut jangi sanasi hozircha malum qilinmagan.
Havola :
Manba : sportilinet
Fikrlar