02 apr 11:17
Yangiliklar
Tennis

Izner Mayamidagi ishtirokidan 1 mln 341 ming dollar ishlab oldi
Mayami shahrida o'tgan sovrin jamg'armasi 7 972 535 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning erkak tennischilar o'rtasidagi yakkalik bahslarida Jon Izner bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Amerikalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning beshinchi raketkasi bo'lgan germaniyalik Aleksandr Zverevni 6:7(4), 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etgan edi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Jon Iznerga bosh mukofotdan tashqari 1 million 340 ming 860 dollar mukofot puli ham 1000 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar