So’nggi yangiliklar

18:36"Интер" ва МЮ "Барселона" ҳимоячиси учун курашади 0 18:15UFC Мексикадаги турнирда иштирок этадиган жангчилар ва ходимлар хавфсизлигини кафолатлайди 0 17:54Испания триатлон федерацияси билан ҳамкорлик меморандуми имзоланди 0 17:33Алжамэйн Стерлингга қисқа муддатда жанг берилди 0 17:12Дибала фаолиятини Аргентинада давом эттириши мумкин 0 16:51Бектемир Мелиқўзиев: "Камар учун жанг қиламан, бу тасдиқланди!" 0 16:30WTA рейтинги. Теннисчимиз 32 ўринга юқорилади, бу унинг энг яхши натижаси. Қолганларчи? 0 16:09Дональд Трамп UFC жангчисига ёрдам беради 0 15:48ПСЖ асосий футболчиси билан янги шартнома бўйича келишиб олди 0 15:27Бектемир Мелиқўзиев Сауль Альварес билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:06ATP рейтинги. Султонов 139 поғонага пастлади. Қолганларнинг ҳолати қандай? 0 14:45Бектемир Мелиқўзиев: "Сўнгги синов жанги берилганди" 0 14:24Симеоне А Серия гранди билан келишувга эришди 0 14:03Макгрегор UFC сукунати фонида сабрнинг чеки борлигини эслатиб қўйди 0 13:42Муҳаммад Мокаев: "Бир неча нокаут ва мен яна ўша ерда бўламан" 0

25 okt 07:40
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionati. Afruza yana g'alaba qozondi, Javohir ham

Gruziyaning Batumi shahrida davom etayotgan shaxmat bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.

8, 10 hamda 12 yoshli shaxmatchilar o'rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida dunyoning 100ga yaqin mamlakatidan istedodli shaxmatchilar ishtirok etyapti.

Sakkiz yoshlilar o'rtasidagi musobaqada o'z imkoniyatini sinab ko'rayotgan Humoyun Bekmurodov nihoyat 6-turda g'alaba qozondi. Qora donalarda harakat qilgan hamyurtimiz JAR vakili Lexan Koningni taslim etdi.

O'n yoshli shaxmatchilar bahsida birinchi raqam ostida tasniflangan Islombek Sindorov oq donalarda o'ynashiga qaramay, belaruslik Silich Yaxorni enga olmadi. Bahs durang natija bilan yakunlandi.

O'n ikki yoshli shaxmatchilar musobaqasida ikkinchi tartib raqamli ishtirokchi bo'lgan Javohir Sindorov esa aksincha g'alabaga erishdi. U qora donalarda o'ynab, kanadalik Xuang Kyuni mag'lubiyatga uchratdi.

Qizlarimizdan Afruza Hamdamova beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U oq donalarda hindistonlik Rout Yashidadan ustun keldi. Yuliya Xegay qirg'izistonlik Azaliya Mirlankizi bilan murosaga keldi. Maftuna Bobomurodova esa rossiyalik Emiliya Zavivaevaga yutqazib qo'ydi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing