So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

24 okt 09:05
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionati. Afruzaning ilk mag'lubiyati, Sindorovda ham

Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

8, 10 hamda 12 yoshli shaxmatchilar o'rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida dunyoning 100ga yaqin mamlakatidan istedodli shaxmatchilar ishtirok etyapti.

Ular orasida hamyurtlarimiz – aka-uka jahon chempionlari Islombek va Javohir Sindarov, Osiyo chempioni Humoyun Bekmurodov, qizlardan Maftuna Bobomurodova, Yuliya Xegay va Afruza Hamdamovalar yurtimiz sharafini himoya qilishyapti.

Sakkiz yoshlilar o'rtasidagi musobaqada imkoniyatini sinab ko'rayotgan Humoyun Bekmurodov 5-turda qora donalarda harakat qilib, gruziyalik Jorj Klarksonga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

O'n yoshli shaxmatchilar bahsida birinchi raqam ostida tasniflangan Islombek Sindorov qora donalarda amerikalik Niko CHasinga yutqazdi. O'n ikki yoshli shaxmatchilar musobaqasida ikkinchi tartib raqamli ishtirokchi bo'lgan Javohir Sindorov esa bu turda eronlik Eylia Zomoroddian bilan murosaga keldi.

Qizlarimizdan Afruza Hamdamova ketma-ket to'rtta g'alabadan so'ng ilk mag'lubiyatni qarshi oldi. Afruza qora donalarda o'ynab, BAA vakilasi Essa Roudaga yutqazdi.

Yuliya Xegay vetnamlik Tan Bui Vega imkoniyatni boy berdi. Maftuna Bobomurodova esa o'zbekistonlik shaxmatchilarning 5-turdagi yagona g'alabasini qo'lga kiritdi. U rossiyalik Galina Mixeevani taslim etdi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing