So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

28 okt 08:10
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionati. Bu safar Javohirda mag'lubiyat, Islombekda g'alaba

Gruziyaning Batumi shahrida davom etayotgan shaxmat bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

8, 10 hamda 12 yoshli shaxmatchilar o'rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida dunyoning 100ga yaqin mamlakatidan istedodli shaxmatchilar ishtirok etyapti.

Sakkiz yoshlilar o'rtasidagi musobaqada o'z imkoniyatini sinab ko'rayotgan Humoyun Bekmurodov 8-turda gruziyalik Aleksandr Garuchavani mag'lubiyatga uchratib, ochkolarini 4taga etkazib oldi.

O'n yoshli shaxmatchilar bahsida birinchi raqam ostida tasniflangan Islombek Sindorov esa oq donalarda harakat qilib, AQSH vakili Lu MIngni taslim etdi.

O'n ikki yoshli shaxmatchilar musobaqasida ikkinchi tartib raqamli ishtirokchi bo'lib turgan Javohir Sindorov esa aksincha mag'lubiyatga uchradi. U oq donalarda o'ynashiga qaramay, reytingda o'zidan pastda turgan rossiyalik Valeriy Skatchkovga imkoniyatni boy berdi.

Qizlarimizdan Afruza Hamdamova bu safar durang o'ynadi. U qora donalarda o'ynab, reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan rossiyalik Aleksandra SHvedovadan ochko tortib oldi.

Hamyurtlarimizdan Yuliya Xegay serbiyalik Nevena Jorjevich bilan murosa yo'lini tanladi. Maftuna Bobomurodova esa qora donalarda harakat qilishiga qaramay, eronlik Zardast Mahjubni engdi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing