20 apr 12:22
Yangiliklar

Jahon chempionati. Etti shaxmatchimizda ikkinchi g'alaba!
Nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasining 7 nafar azosi ikkinchi turda ikkinchi g'alabasiga erishdi. To'qqiz yoshlilar o'rtasida Humoyun Bekmurodov rossiyalik Radomir Jerdevni taslim etdi.
O'n besh yoshli Javohir Sindarov turkiyalik Bora CHilekni, 17 yoshlilar turnirida qatnashayotgan SHamsiddin Vohidov yana bir mezbon shaxmatchi Kagan Aydinchilekni, Nodirbek Yoqubboev jamoadoshi Ali Qosimovni mag'lubiyatga uchratib, ochkolarini 2 taga etkazib oldi.
Etti yoshlilar bahsida dona surayotgan Akbar Allaberganov turkiyalik CHan Simsekka, Bahrom Bahrillaev rossiyalik Pyotr Grishinga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu turda Zaynura Abrorova texnik g'alabaga erishdi.
O'n bir yoshgacha shaxmatchilar orasida bahslarda qatnashanayotgan Afruza Hamdamova turkiyalik Azra Kurnaz, 13 yoshli Umida Omonova turkiyalik Efsa Buyukdan ustun keldi. Bugun 3-partiya uchrashuvlari o'tkaziladi.
Fikrlar