So’nggi yangiliklar

09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0

29 okt 10:05
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionati. Hamyurtlarimizdan bu turda hech kim yutqazmadi

Gruziyaning Batumi shahrida davom etayotgan shaxmat bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

8, 10 hamda 12 yoshli shaxmatchilar o'rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida dunyoning 100ga yaqin mamlakatidan istedodli shaxmatchilar ishtirok etyapti.

Etiborlisi, olti nafar shaxmatchimizdan bu turda hech biri mag'lubiyatga uchramadi. Sakkiz yoshlilar musobaqasida o'z imkoniyatini sinab ko'rayotgan Humoyun Bekmurodov 9-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, gruziyalik David Lomtadzeni mag'lubiyatga uchratib, ochkolarini 5taga etkazib oldi.

O'n yoshli shaxmatchilar bahsida birinchi raqam ostida tasniflangan Islombek Sindorov esa oq donalarda harakat qilib, mo'g'ulistonlik Bayartnar Erxes bilan durangga imzo chekdi.


O'n ikki yoshli shaxmatchilar musobaqasida ikkinchi tartib raqamli ishtirokchi bo'lib turgan Javohir Sindorov qora donalarda o'ynab, kolumbiyalik Xose Kardosoni mag'lubiyatga uchratdi.

Jahon chempionati kashfiyotiga aylangan Afruza Hamdamova bu turda g'alaba nashidasini surdi. U reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan rossiyalik shaxmatchi Bikovskixdan ustun keldi.

Hamyurtlarimizdan Yuliya Xegay belgiyalik Tyane De Riskeni mag'lubiyatga uchratdi. Maftuna Bobomurodova esa rossiyalik Alisa Surovceva murosa yo'lini tanladi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing