So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

26 apr 09:59
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionati. Humoyun ilk bor ochko yo'qotdi, grossmeysterimizda g'alaba

Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha 7 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan maktab o'kuvchilari o'rtasidagi Jahon chempionati o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining bir necha yosh toifasidagi shaxmatchilari ham ishtirok etishyapti. Ulardan birgina Humoyun Bekmurodov g'olibona yurishini davom ettirayotgan edi. Kecha yosh shaxmatchimiz ilk bor ochko yo'qotdi. O'tkazilgan 8-turda u turkiyalik Uygar Duruchay bilan murosaga keldi va o'z ochkolarini 7,5taga etkazib oldi. 

Yosh grossmeysterimiz Javohir Sindarov o'tgan turdagi kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng yana g'alaba qozondi. Javohir qozog'istonlik Aytuar Jukenovni taslim etdi. SHaxmatchilarimiz orasida eng yuqori reyting ochkosiga ega Nodirbek Yoqubboev esa SHri-Lanka shaxmatchisini mag'lubiyatga uchratib, ochkolarini 7,5taga etkazdi. 

Afruza Hamdamova 8-turda yana mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U qora donalarda o'ynab, gruziyalik Anastasiya Kirtadzega yutqazib qo'ydi. Qizlarimizdan Umida Omonova turkiyalik Gulshan Kayisni, Zaynura Abrorova SHri-lankalik Anakshi Viraratneni mag'lubiyatga uchratdi. 

17 yoshlilar turnirida qatnashayotgan SHamsiddin Vohidov jamoadaoshi Ali Qosimovdan, Bahrom Bahrillaev qozog'istonlik Miras Assilovdan ustun keldi. Akbar Allaberganov qora donalarda harakat qilishiga qaramay, ozarbayjonlik Yusif Babaevni engdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing