So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

25 apr 07:38
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionati. Humoyunda ketma-ket ettinchi g'alaba, grossmeysterimiz yutqazdi

Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha 7 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan maktab o'kuvchilari o'rtasidagi Jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining bir necha yosh toifasidagi shaxmatchilari ham ishtirok etishyapti. Ulardan birgina Humoyun Bekmurodov bugungacha o'tkazilgan 7 ta partiyaning barchasida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgan. 

Humoyun kecha o'tkazilgan 7-tur uchrashuvida qora donalarda harakat qilishiga qaramay, qozog'istonlik shaxmatchi Dinmuhammad Tulendinovni mag'lubiyatga uchratdi. Yosh grossmeysterimiz Javohir Sindarov esa kutilmaganda ozarbayjonlik Ugxur Ilyasliga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

SHaxmatchilarimiz orasida eng yuqori reyting ochkosiga ega Nodirbek Yoqubboev qora donalarda o'ynab, turkiyalik Alp Kansunni engdi. Afruza Hamdamova 7-turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U oq donalarda o'ynasa-da, yakunda mo'g'ulistonlik raqibasiga yutqazib qo'ydi. 

17 yoshlilar turnirida qatnashayotgan SHamsiddin Vohidov ozarbayjonlik Hazar Babazadadan ustun keldi. Bahrom Bahrillaev SHri-Lanka shaxmatchisi bilan durang o'ynadi. Akbar Allaberganov mezbon shaxmatchidan ustun ekanligini amalda isbotladi. 

Ali Qosimov bu turda turkiyalik Serxan O'zdemirni taslim etdi. Umida Omonova mo'g'ulistonlik Davaaku Munkjulga imkoniyatni boy berdi. Zaynura Abrorova bu turda g'alaba nashidasini surdi. U qirg'izistonlik Aliya SHarabiddinovani mag'lub etdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing