25 sen 17:45
Yangiliklar
Jahon chempionati ishchi guruhining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Ayni paytda barcha yo'nalishlar bo'yicha yurtimizda ilk bor o'tkazilayotgan katta dzyudo bayramiga tayyorgarlik ishlari yakuniga etkazilyapti. O'zbekiston dzyudo federaciyasida o'tkazilgan ishchi guruhning navbatdagi yig'ilishi shu masalalarga qaratildi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi bosh kotibi Ulug'bek Kabulov, federaciya raisi o'rinbosari Zafar Qahramonov boshchiligida o'tgan yig'ilishda "Humo" arena saroyida musobaqaga tayyorgarlik bilan bog'liq ishlar, delegaciyalarni kutib olish, mehmonxonalarga joylashtirish masalalari, jahon chempionati kunlari doirasida o'tkaziladigan madaniy dasturlar kabi barcha yo'nalishlarda tashkiliy ishlar muhokama qilindi.
Har bir xodimga o'zi masul bo'lgan ishga sidqidildan yondashishi uqtirildi.
Fikrlar