So’nggi yangiliklar

14:53Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради 0 14:27“Eindhoven Cup”. Бугун боксчиларимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилишади 0 13:57Tashkent W15 турнирида финалчилар аниқланди 0 13:29UFC 316 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 13:04Неймар коронавирус юқтириб олди 0 12:36Икки Олимпиада чемпионимиз "Эйндховен кубоги"да иккинчи жангларини ўтказишди 0 12:11Дзюдо бўйича ўсмирлар терма жамоамиз Сочи ва Горига жўнаб кетди 0 11:39"Ролан Гаррос". Аёллар ўртасидаги бош соврин ҳамда €2,550,000 кимга насиб этди? 0 11:14Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади 0 10:45Алекс Перейра қачон навбатдаги жангини ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 10:02UFC 316. Двалишвили муддатидан олдин ғалаба қозонди ва камарини муваффақиятли ҳимоя қилди 0 09:23UFC 316 турнирининг co-main event жанги муддатидан олдин якунланди 0 08:57Дембеле жароҳат олди 0 19:30Фрэнсис Нганну UFC’га қайтиши мумкин 0 19:05Делла Маддалена Махачев билан жанг санаси ҳақида гапирди 0

27 okt 08:45
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionati. Javohirda g'alaba, Islombekda mag'lubiyat

Gruziyaning Batumi shahrida davom etayotgan shaxmat bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.

8, 10 hamda 12 yoshli shaxmatchilar o'rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida dunyoning 100ga yaqin mamlakatidan istedodli shaxmatchilar ishtirok etyapti.

Sakkiz yoshlilar o'rtasidagi musobaqada o'z imkoniyatini sinab ko'rayotgan Humoyun Bekmurodov 7-turda gruziyalik Georgi CHanturiya bilan durang o'ynadi.

O'n yoshli shaxmatchilar bahsida birinchi raqam ostida tasniflangan Islombek Sindorov esa qora donalarda harakat qilib, belaruslik Mixail Spijarniga yutqazib qo'ydi.

O'n ikki yoshli shaxmatchilar musobaqasida ikkinchi tartib raqamli ishtirokchi bo'lgan Javohir Sindorov esa aksincha g'alabaga erishdi. U qora donalarda o'ynab, kanadalik SHoun Rodrigeni mag'lubiyatga uchratdi.

Qizlarimizdan Afruza Hamdamova mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U oq donalarda rossiyalik Olesiya Vlasovaga imkoniyatni boy berdi. Yuliya Xegay litvalik Emiliya Misyukni taslim etdi. Maftuna Bobomurodova esa hindistonlik Darsana bilan murosaga keldi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing