So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

06 fev 14:19
Yangiliklar

Futbol

Jahon chempionati kubogi Toshkentda namoyish etildi

Teglar :  Jahon kubogi
Bugun futbol bo'yicha jahon chempionati kubogi Toshkentga olib kelindi.

Poytaxtimizdagi "Hyatt Regency" mehmonxonasida shu munosabat bilan matbuot anjumani tashkil qilindi. 

Mazkur tadbirda FIFA elchisi sifatida futbol bo'yicha 1998 yilgi jahon chempionatida Franciya terma jamoasi safida chempionlikni qo'lga kiritgan Kristian Karambyo bilan birgalikda, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov hamda "Coca-Cola" kompaniyasining O'zbekistondagi rahbariyati vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda kirish so'zini Umid Ahmadjonov boshladi: "Umid qilamizki, O'zbekiston terma jamoasi yana to'rt yildan so'ng Qatarda o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Bir kun kelib bizning terma jamoa ham ushbu kubokni qo'lga kiritadi va biz kubokni O'zbekistonda qoldiramiz", - dedi MOQ prezidenti.

Rustab Qurbonov ham ushbu kubok yurtimizga kelganidan xursand ekanligini qayd etib o'tdi: "O'zbekiston uchun jahon kubogini qabul qilish va Mundial g'olibini kutib olish katta sharafdir. Mazkur tadbirga qiziqish kattaligini bu erda yig'ilgan ko'plab ommaviy axborot vositalari vaillari ko'ligidan ham bilib olishimiz mumkin", - deb aytdi Rustam Qurbonov.

Kristian Karambyo: "Barchaga xayrli kun tilayman. Jahon chempionati kubogi bilan birga O'zbekistonga kelganimdan xursandman. Bizni kutib olganlarga rahmat aytmoqchiman. O'z o'rnida yaqinda Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasini tabriklayman. Ushbu chempionlik mamlakat futboliga albatta foyda keltiradi. Sizning terma jamoangiz ham keyingi jahon chempionatida qatnashishiga umid qilaman. Yurtingiz futboli ishonchli qo'llarda. Terma jamoaga omad tilayman" - dedi jahon chempioni. 

"Coca-Cola" rahbariyati vakili kubokning mamlakatimizga olib kelinishiga izoh berdi: "Jahon kubogi oldin bormagan mamlakatlarga olib borishni istadik. SHuning uchun ham O'zbekiston tanlandi".

Matbuot anjumanidan so'ng FIFA elchisi bilan birgalikda jahon chempionati kubogi barchaga namoyish etildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing