So’nggi yangiliklar

19:29АФА президенти Скалонининг терма жамоадаги келажаги ҳақида гапирди 0 18:56"Ростерни 100 фоиз йўқ қилади" — Топуриянинг менежери Абдель-Азизни кескин танқид қилди 0 18:18Ислам Махачев қайси стадионда жанг ўтказиш истагида эканини айтди 0 17:44Кормье Царукян ва Оливейра ўртасидаги жанг бекор қилинганини тасдиқлади 0 17:13"Атлетико" Серлотни 40 миллион еврога сотишга тайёр 0 16:37Карлос Пратес: "Кейинги жангда ўша лаънати камарини тортиб оламан" 0 16:03Дюбуа ва Уордли ўртасидаги иккинчи жанг санаси маълум бўлди 0 15:32Махачевнинг мураббийи: "Ислам Йен Гэррини партерга тушириши шарт эмас" 0 14:59"Ливерпуль" Баркола бўйича келишувга эришди 0 14:27Рой Жонс Усик иштирокидаги орзу қилинган жанг ҳақида гапирди 0 13:53Гэтжи Махачев билан жанг учун UFC чемпионлик камаридан воз кечмоқчи 0 13:26Абу-Даби UFC 333 турнирининг асосий жанги деярли маълум + ФОТО 0 13:01Беҳруз Каримов — "Лугано" футболчиси! 0 12:36WBА Мурат Гассиевнинг рақибини эълон қилди. У мағлубиятсиз британиялик! 0 12:05Шара Буллетнинг RAF лигасидаги дебюти ватандошига қарши бўлади + ПОСТЕР 0

17 sen 11:50
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Jahon chempionati qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi

Avval xabar berganimizdek 9-15 sentyabr kunlari London shahrida parasuzish bo'yicha navbatdagi jahon chempionati o'tkazildi.

Takidlash kerakki, ushbu musobaqada 7 nafar sportchi bilan ishtirok etgan terma jamoamiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8ta medalga ega chiqdi. SHu tariqa parasuzuvchilarimiz 60 ta davlatdan 600 ga yaqin sportchi ishtirok etgan ushbu jahon chempionatida umumjamoa hisobida 20-o'rinni qo'lga kiritishdi.

Quvonarlisi, Xalqaro Paralimpiya qo'mitasining qaroriga ko'ra ushbu jahon chempionatida 1- va 2- o'rinni egallagan sportchilar kelasi yil Tokioda bo'lib o'tadigan Paralimpiya o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lishdi. Aniqroq aytganda, SHoxsanam Toshpo'latova, Islom Aslanov hamda Firdavs Musabekovlar Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Qolgan sportchilarimiz esa bu yo'lda muhim reyting ochkolariga ega bo'lishdi.

Bizning qahramonlarimiz bugun erta tongda London-Istanbul-Toshkent yo'nalishi bilan yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston milliy paralimpiya associaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, sport ixlosmandlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari katta tantana bilan kutib olishdi.

Jahon chempionati g'olib va sovrindorlari:

SHoxsanam Toshpo'latova – 1 ta oltin, 1 ta bronza;

Islom Aslanov – 3 ta kumush;

Firdavs Musabekov – 1 ta kumush

Nigora Mirzoxidova – 1 ta bronza

Muzaffar Tursunxo'jaev – 1 ta bronza

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing