10 okt 10:25
Yangiliklar
Jahon chempionati. SHaxmatchilarimiz finishga yaqinlashishyapti
Jahon chempionatida yurtimiz sharafini Muhiddin Madaminov, WFM Umida Omonova (ikkisi ham 14 yosh), Elbek Sulaymonov (16 yosh) hamda Xolida Namozova (18 yosh) himoya qilishyapti.
Kecha o'tkazilgan 8-tur uchrashuvida to'rt nafar shaxmatchimizdan birgina Elbek Sulaymonov g'alaba qozondi. U Xitoy Taypeyi shaxmatchisi Genri Vudan ustun keldi. Lekin u 2,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra bor yo'g'i 64-o'rinni egallab turibdi.
SHaxmatchilarimizdan eng yuqori o'ringa ega Umida Omonova bu turda turkiyalik Sofiya Oyku bilan murosaga keldi. Sakkiz imkoniyatdan 5 ochko jamg'argan Umida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 20-pog'onadan joy olgan. Muhiddin Madaminov bu turda hindistonlik Aditya Samantga yutqazdi. Xolida Namozova esa latviyalik Ramona Golstaga imkoniyatni boy berdi.
SHaxmatchilarimizning 9-turdagi raqiblari:
Muhiddin Madaminov - Aziz Degenbaev (Qirg'iziston)
Umida Omonova - Tyani De Rike (Belgiya)
Elbek Sulaymonov - Manfredo Gaoseb (Namibiya)
Xolida Namozova - Jeyn Varshita (Hindiston)
Fikrlar