07 okt 09:56
Yangiliklar

Jahon chempionati. SHaxmatchilarimizning 6-turdagi natijalari
13 oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada o'zbekistonlik yosh shaxmatchilar ham g'oliblik yo'lida dona surishyapti. Jahon chempionatida yurtimiz sharafini Muhiddin Madaminov, WFM Umida Omonova (ikkisi ham 14 yosh), Elbek Sulaymonov (16 yosh) hamda Xolida Namozova (18 yosh) himoya qilishmoqda.
Kecha o'tkazilgan 6-tur uchrashuvida to'rt nafar shaxmatchimizning hech biriga g'alaba qozonish nasib etmadi. Muhiddin Madaminov qora donalarda o'ynab, perulik Diego Saul Flores bilan murosaga keldi. Umida Omonova oq donalarda harakat qilganiga qaramay, hindistonlik Renganayakini mag'lub eta olmadi - 0,5:0,5. Xolida Namozova xorvatiyalik Nikolina Golubga, Elbek Sulaymonov esa shveycariyalik Fabian Pellikoroga yutqazib qo'ydi.
SHaxmatchilarimizning 7-turdagi raqiblari:
Muhiddin Madaminov - Murzin Volodar (Rossiya)
Umida Omonova - Xiya Ray (Uels)
Elbek Sulaymonov - Kalyan Kante (SHotlandiya)
Xolida Namozova - Aytaj Xeydarova (Ozarbayjon)
Fikrlar