08 okt 07:36
Yangiliklar

Jahon chempionati. SHaxmatchilarimizning 7-tur natijalari
Jahon chempionatida yurtimiz sharafini Muhiddin Madaminov, WFM Umida Omonova (ikkisi ham 14 yosh), Elbek Sulaymonov (16 yosh) hamda Xolida Namozova (18 yosh) himoya qilishyapti.
Kecha o'tkazilgan 7-tur uchrashuvida to'rt nafar shaxmatchimizdan birgina Umida Omonovagina g'alaba qozondi. Omonova qora donalarda harakat qilishiga qaramay, uelslik Xiya Raydan ustun keldi. Muhiddin Madaminov oq donalarda o'ynab, rossiyalik Murzin Volodar bilan murosaga keldi. Xolida Namozova ozarbayjonlik Aytaj Xeydarovani mag'lub eta olmadi - 0,5:0,5. Elbek Sulaymonov esa shotlandiyalik Kalyan Kantega yutqazdi.
SHaxmatchilarimizning 8-turdagi raqiblari:
Muhiddin Madaminov - Aditya Samant (Hindiston)
Umida Omonova - Safiya Oyku (Turkiya)
Elbek Sulaymonov - Xenri Vu (Xitoy Taypeyi)
Xolida Namozova - Ramona Golsta (Latviya)
Fikrlar