So’nggi yangiliklar

18:19"Мен Умар ва Усманнинг катта мухлиси эдим..." - Саба Лазишвили 0 17:40"Учрашиб, ҳаммасини муҳокама қилишимиз мумкин". Мераб Двалишвили Ислам Махачевга мурожаат қилди 0 17:17Абдуқодир Ҳусановнинг нархи Саудия Арабистони терма жамоасининг барча футболчилари қийматидан юқори 0 16:48Махачқалъада самбо бўйича Россия чемпионати совриндори отиб кетилди. Нималар маълум? 0 16:19Мераб Двалишвили: «Усман ва Умар эркак эмас» 0 15:45Асламжон Ортиқов чемпионлик реванши олдидан ўтган жангдаги хатосини эслади 0 15:17Почеттино АҚШ терма жамоаси ярим ҳимоячисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи 0 14:46Олти ой ўрнига олти кун! Нурмагомедовларни қамоқдан Хабиб қутқариб қолдими? 0 14:15Ўзбекистонда велоспорт билан шуғулланувчилар сони 2030 йилгача 30 мингга етказилади 0 13:44Муҳиддин Мамажонов Қозоғистонда жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:13"Нефтчи" – "Ал Ҳилол" учрашувини бошқарадиган ҳакам маълум бўлди 0 12:42Расман: БАА ҳукумати Усман Нурмагомедов иши бўйича ўз қарорини эълон қилди 0 12:11Жаҳон бокси юлдузлари Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 11:40Дана Уайт мағлубияти йўқ гиёҳванд UFC жангчиси ҳақида гапирди 0 11:09Қатардаги йиғинда Шомуродов, Исмоилов ва Неманов қатнашмаяпти 0

24 dek 08:32
Yangiliklar

Dzyudo

Jahon chempionati sovrindori bo'lgan dzyudochilarimiz hamda ularning murabbiylari taqdirlandi

Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida "Milliy sport mukofoti-2024" g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Kechagi tadbir doirasida 2024 yilgi kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilgan sportchilar, tabiiyki ular orasida dzyudochilarimiz hamda ularning trenerlariga ham pul mukofoti topshirildi. 

Diyora Keldiyorova jahon chempionatida kumush, Alisher Yusupov esa bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Abu-Dabi mezbonligida o'tgan ushbu jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan 107 davlat orasida 11-o'rinni egallagan edi.

Malumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Mamuriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 114-son Qaroriga binoan har yili Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlarida sovrindor bo'lgan sportchilar hamda ularni tayyorlagan murabbiylar bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi.

SHundan kelib chiqib, Diyora Keldiyorova jahon chempionatidagi kumush medali uchun 7 500, Alisher Yusupov bronza medaliga 3 750 AQSH dollari pul mukofoti sertifikatini qabul qilib oldi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing