03 okt 08:30
Yangiliklar
Jahon chempionati. To'rt nafar shaxmatchimiz uch xil natija qayd etdi
13 oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada o'zbekistonlik yosh shaxmatchilar ham g'oliblik yo'lida dona surishyapti. Jahon chempionatida yurtimiz sharafini Muhiddin Madaminov, WFM Umida Omonova (ikkisi ham 14 yosh), Elbek Sulaymonov (16 yosh) hamda Xolida Namozova (18 yosh) himoya qilishmoqda.
Kecha o'tkazilgan 1-tur uchrashuvida yosh shaxmatchilarimiz turlicha natija qayd etishdi. Yagona g'alabaga Muhiddin Madaminov erishgan. U qora donalarda harakat qilishiga qaramay, hindistonlik raqibi Pal Ayanni mag'lubiyatga uchratdi.
Umida Omonova yana bir mezbon shaxmatchi Xadkonkar Vasudev bilan Xolida Namozova serbiyalik Katerina Nesterovich bilan murosaga kelgan. Elbek Sulaymonov esa mezbon shaxmatchi Raaxulga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHaxmatchilarimizning 2-turdagi raqiblari:
Muhiddin Madaminov - Aydin Suleymanli (Ozarbayjon)
Umida Omonova - CHelladuray Femil (Hindiston)
Elbek Sulaymonov - Oleksiy Bilich (Ukraina)
Xolida Namozova - Barrera Gomes (CHili)
Fikrlar