22 apr 10:41
Yangiliklar
Jahon chempionati. To'rt nafar shaxmatchimizda yuz foizlik natija!
Nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasining 4 nafar azosi g'olibona yurishini davom ettirmoqda. Humoyun Bekmurodov, grossmeyster Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboev hamda Afruza Hamdamova o'tkazilgan to'rttala partiyada ham zafar quchishdi.
O'n besh yoshli Javohir Sindarov 4-turda turkiyalik Atakan Bicherni, Humoyun Bekmurodov qozog'istonlik Alixan Xazatulini, Afruza Hamdamova esa SHri-Lanka vakilasi Nemindi Ramanayakeni mag'lubiyatga uchratdi. 17 yoshlilar turnirida qatnashayotgan SHamsiddin Vohidov esa yana bir hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboevga imkoniyatni boy berdi.
Bu turda Ali Qosimov qozog'istonlik Semyon Zotovni, Bahrom Bahrillaev yana bir qozoq shaxmatchisi Erasil Galimni taslim etdi. Akbar Allaberganov mo'g'ulistonlik Tumurchudur Tuvshintulga bilan durang o'ynadi. Zaynura Abrorova qozog'istonlik dugonasi Aliya SHimbaevadan engildi. Umida Omonova mo'g'ulistonlik Xishigbaatar Bayasgalan bilan murosaga keldi.
Fikrlar