14 apr 13:09
Yangiliklar
Xokkey

Jahon chempionati. Xokkeychilarimizning bugungi raqibi - ilk o'yinida 21 ta shayba farqi bilan g'alaba qozongan Armaniston!
Bugun Armanistonning Erevan shahrida davom etayotgan xokkey bo'yicha Jahon chempionatining IV divizionida ikkinchi tur o'yinlari o'tkaziladi.
Tur doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi musobaqa mezbonlari bo'lmish armanistonlik xokkeychilarga qarshi muzga chiqadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Kecha bo'lib o'tgan dastlabki tur o'yinlarida terma jamoamiz Quvaytni 13:3, Armaniston esa Malayziyadan 24:3 hisobida ustun kelgandi. Hozirda mezbonlar to'plar nisbatidagi farq tufayli turnir jadvalida birinchi o'rinda bo'lib turibdi. Normunds Seyeys boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi esa ikkinchi pog'onada.
Katta ehtimol bilan bugungi o'yin divizion g'olibini aniqlab beradi.
Malumot uchun, terma jamoamiz forvardi Vadim Kravchenko 5 ochko (3+2) bilan musobaqa to'purarlari ro'yxatida bormoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar