05 okt 07:40
Yangiliklar
Boshqalar
Jahon chempionatida 2ta medal qo'lga kiritildi, biri oltin
Bolgariyaning Burgas shahrida ushu bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Yilning ushbu nufuzli musobaqasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham munosib tarzda ishtirok etdi. Sportchilarimiz bittadan oltin va bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Sanda yo'nalishida 70 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan terma jamoamiz azosi Azizbek Isroilov bronza medali bilan taqdirlandi. Taolu bahslarida o'z chiqishini namoyish qilgan Osiyo chempioni Darya Latisheva shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
Endi u jahon chempioni. Terma jamoamiz delegaciyasi bugun tong sahar soat 04.30da Toshkentga qaytib kelishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar