07 sen 13:50
Yangiliklar

Jahon chempionatida birinchi bo'lgan dzyudochilarimizni endi Osiyo chempionati kutmoqda
Har ikki yosh toifasidagi qita birinchiligida O'zbekiston terma jamoalari to'liq tarkibda ishtirok etadi. Tarkibdan kuni kecha Bolgariyada o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan dzyudochilarimiz joy olgan.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov safar oldidan turgan delegaciya azolari - murabbiylar, dzyudochilar, shifokorlar bilan uchrashdi. Federaciya rahbari Osiyo chempionatiga yo'l olayotgan har bir dzyudochi bilan alohida suhbatlashdi. Biz uchun muvaffaqiyatli kechgan jahon chempionati tarixga aylangani, oldinda bizni yangi chaqiriqlar kutayotgani, har bir bellashuvga o'zini xuddi finalga chiqayotgandek tayyorlashi kerakligini alohida urg'uladi.
Malumot uchun, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ertaga, yoshlarimiz esa 10 sentyabr kuni Jakarta shahriga jo'nab ketadi.
Fikrlar