15 apr 15:35
Yangiliklar
Xokkey

Jahon chempionatida bugun dam olish kuni. O'zbekistonning keyingi divizionga ko'tarilish imkoniyatlari qanday?
Armanistonning Erevan shahrida o'tkazilayotgan xokkey bo'yicha dunyo birinchiligining IV divizionidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Kun davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi nominal mezbon sifatida musobaqa mezbonlari — armanistonlik xokkeychilarga qarshi muzga chiqdi. O'yinda Armaniston termasi bullitlar seriyasida zafar quchib, jahon chempionatining keyingi divizion yo'llanmasini deyarli qo'lga kiritdi.
Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertangi kun doirasida O'zbekiston Eron, Armaniston Quvayt, Malayziya esa Indoneziya terma jamoasi bilan bahs olib boradi.
Hozirda armanistonliklar turnir jadvalida besh ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Undan keyingi o'rinda esa to'rt ochkoli O'zbekiston kelmoqda. Armaniston qolgan barcha o'yinlarda ochko yo'qotmagan taqdirda III B divizioniga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar