22 may 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionatida ilk bor medal qo'lga kiritgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi + FOTO
Yaxshi bilasiz, 9-20 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada qizlarimiz ilk bor kattalar o'rtasidagi JCHda medal qo'lga kiritishdi. CHempionatda -50 kg vaznli Aziza Yokubova va +81 kg vazn toifasida Mohira Abdullaeva bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Bugun tunda Elshod Rasulov boshchiligidagi terma jamoamiz azolari yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig'i Bahodir Mamatnazarov, O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev, sportchilarning yaqinlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
FOTO: Aziz To'xtamurodov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar