04 fev 14:42
Yangiliklar
Xokkey
Jahon chempionatida ishtirok etadigan xokkeychilarimiz Rossiyada yig'in o'tkazadi
Bu haqda O'zbekiston xokkey federaciyasi xabar berdi.
"O'zbekiston U18 yoshlar terma jamoasi Almetevsk shahriga o'quv-mashg'ulot yig'inlariga jo'nab ketdi.
Yig'in davomida sportchilar umumiy jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mashg'ulotlar olib boradilar, muz ustida shug'ullanadilar hamda bir nechta nazorat uchrashuvlarini o'tkazadilar.
Yig'inning asosiy maqsadi — 2026 yil 2–8 mart kunlari Gonkongda bo'lib o'tadigan U18 yosh toifasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rishdir.
Yig'inlar 3–13 fevral kunlari bosh murabbiy Dmitriy Makarov hamda murabbiy Abdurashid Musaliev rahbarligida o'tkaziladi", deyiladi xabarda.

Havola :
Manba : t.me/uz_hockey
Fikrlar