31 avg 08:25
Yangiliklar
Jahon chempionatida ishtirok etgan har ikki dzyudochimiz sovrindor bo'ldi
Dunyo birinchiligida 4 qitaning 49 davlatidan jami 405 (223 o'smir, 182 qiz) nafar dzyudochi medallar yo'lida tatamiga chiqyapti. Ushbu jahon chempionatida yurtimiz sharafini Tohir Fayziev murabbiyligidagi istedodli dzyudochilarimizdan Inoyat Telmanov (-66 kg) va Inomjon Bahodirov (-73 kg) himoya qildi.
Ikkinchi kungi bellashuvlarda Inoyat Telmanov jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Bizning vaqt bilan bugun tong saharda Inomjon Bahodirov ham sovrindorlar safidan joy oldi. U bronza medali yo'lidagi o'tish bahsida braziliyalik Silas Kostani mag'lub etdi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa litvalik Raka Norbertasdan ustun keldi.
SHu tariqa, har ikki istedodli dzyudochimiz okean ortidan O'zbekistonga jahon chempionatining bronza medali bilan qaytadigan bo'ldi. Albatta, o'smirlarimizning bu ikki medali Mustaqilligimizning 33 yilligiga munosib tuhfa bo'ldi.
Fikrlar