So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

26 may 11:27
Yangiliklar

Xokkey

Jahon chempionatida sensaciya - amaldagi chempion Kanada finalga chiqa olmadi!

CHexiyaning Praga va Ostrava shaharlari mezbonligida o'tayotgan xokkey bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida finalchilar aniqlandi.

SHveycariya terma jamoasi 1/2 finalda amaldagi jahon chempioni Kanadani bullitlar seriyasida mag'lubiyatga uchratib, katta shov-shuv sababchiga aylandi. Banklar yurti vakillari o'z tarixlarida to'rtinchi bor finalga yo'l olishdi. 2018 yildan keyin ilk bor final Kanadasiz o'tadi.  

Pragadagi "O2 Arena"da o'tgan uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. Bullitlar seriyasida esa omad shveycariyaliklarga kulib boqdi. G'olib jamoa tarkibida Kevin Fial va Nino Niderrayter kiritilgan shaybalarga mualliflik qilishdi. Bullitlar seriyasida o'sha Fial hamda Sven Andrigetto "penaltini" golga aylantirishdi.

"O2 Arena"da o'tgan ikkinchi 1/2 final uchrashuvida musobaqa mezbonlari CHexiya terma jamoasi SHveciyani yirik 7:3 hisobida dog'da qoldirishdi. G'olib jamoa tarkibida Lukash Sedlak va Dominik Kubalik dulbga erishishdi. David Kempf, Ondrjey Kashe va Martin Nechas ham bu oqshom o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi. SHvedlar tarkibida Markus Yuxansson, Markus Pettersson va Yoel Eriksson Eka kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi.

SHu tariqa, bugun finalda CHexiya va SHveycariya terma jamoalari jahon chempioni nomiga oydinlik kiritib olishadi. Yarim finalda mag'lub bo'lgan Kanada va SHveciya terma jamoalari o'zaro o'yinda bronza medalga kim loyiqligini aniqlab berishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing