So’nggi yangiliklar

13:56Нурмагомедов Двалишвилига лақабини ўзгартиришни таклиф қилди 0 13:15ПСЖ катта миқдордаги жаримага тортилди 0 12:48"Хантер" Ишимбаев: "Хамзатга тайёргарлик кўргандим, Қурбонов ҳам жиддий рақиб" 0 12:14Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бошланди 0 11:43Пратес Махачевни мағлуб этиш калитини унинг Гэрри билан жангида топди 0 11:06Ўзбекистон кубоги. Бугун бизни супер тўқнашув кутиб турибди 0 10:39UFC Том Аспиналлнинг мақомини тасдиқлади 0 10:12Lausanne Grand Slam 2026. Бугун тўрт нафар дзюдочимиз татамига чиқади 0 09:44Илнар Ишимбаев ва Бобур Қурбонов Prime FL турнири олдидан вазн ўлчаш маросимидан ўтди 0 09:17Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 08:49Царукян ва Ковингтон иштирокидаги жанглар бошқа муддатга кўчирилди 0 08:182026 йилда энг кўп нокаут қайд этилган UFC дивизиони маълум қилинди 0 19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0

05 avg 07:47
Yangiliklar

Eshkak eshish

Jahon chempionatida yana bir medalga ega chiqdik, umumjamoa hisobida beshinchi bo'ldik!

Ruminiyaning Piteshti shahrida o'tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.

Quvonarlisi, musobaqaning so'nggi kuni ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. So'nggi kungi bahslarda startga chiqqan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirovalar juftligi kanoeda eshkak eshish bo'yicha 500 metr masofaga o'tkazilgan poygada kumush medalga sazovor bo'ldi.

Qizlarimiz belgilangan masofani rossiyalik sportchilar Kseniya Kurax va Darya Xarshenko juftligidan keyin bosib o'tishdi. Rahmatova/Zokirova juftligi musobaqa g'oliblaridan atigi 0,778 soniyaga ortda qoldi. Kuchlilar uchligini Vengriya terma jamoasi azolari Sofiya Kisban va Giada Bragato juftligi yakunlab berdi.

SHu tariqa O'zbekiston terma jamoasi azolari 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi jahon chempionatida ikkita oltin va bitta kumush medalga sazovor bo'ldi. Bu esa mamlakatimiz sport delegaciyasiga jahon chempionatini umumjamoa hisobida 5-o'rinda yakunlash imkonini taqdim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing