18 okt 13:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahon chempionatida yo'qotishsiz odimlayapmiz. Besh nafar bokschimizning barida g'alaba!
CHernogoriyaning Budva shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari ortda qoldi.
Quvonarlisi, kun davomida ringga ko'tarilgan besh nafar bokschimizning bari g'alaba qozonib, dunyo birinchiligining ikkinchi davrasiga yo'l oldi.
Eng murosasiz jang qizlar o'rtasida -54 kg vazn toifasida o'tkazildi. Murosasiz kechgan bahsda vakilamiz SHodiyona Meliqo'zieva hindistonlik raqibas Joyshri CHiromni 3:2 hisobida taslim etdi.
Bokschilarimizning natijalari bilan tanishing:
-54 kg: SHodiyona Meliqo'zieva — Joyshri CHirom (Hindiston) - 3:2
-70 kg: Zulfiqor Adhamjonov — Akaki Basaria (Gruziya) - 5:0
-90 kg: Asadbek Sultanboev — Norman Simmons (Panama) - 5:0
-65 kg: Aselya Tulegenova — Bennielis Perez (Venesuela) - 4:1
-65 kg: Jahongir Zayniddinov — Bogdan SHashlikou (Belarus) - 3:1.

Havola :
Fikrlar