So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

31 okt 08:50
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijamiz 4-o'rin bo'ldi

Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

8, 10 hamda 12 yoshli shaxmatchilar o'rtasida tashkil etilgan jahon chempionatida dunyoning 100ga yaqin mamlakatidan istedodli shaxmatchilar ishtirok etdi. Ular orasida terma jamoamizning 6 nafar azosi ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi.

Lekin natija murabbiylar kutganchalik bo'lmadi. Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijamiz 4-o'rin bo'lganligi fikrimizni tasdiqlaydi. Aka-uka jahon chempionlari Islombek va Javohir Sindarovlar o'z yosh toifalarida birinchi hamda ikkinchi raqamli shaxmatchi bo'lsalarda, natijaga shunga monand bo'lmadi.

Sakkiz yoshlilar musobaqasida o'z imkoniyatini sinab ko'rgan Humoyun Bekmurodov 11 imkoniyatdan 6,5 ochko to'plab, 47-o'rinni egalladi. O'n yoshli shaxmatchilar bahsida birinchi raqam ostida tasniflangan Islombek Sindorov 6 ochko bilan 49-o'rin bilan cheklandi.

O'n ikki yoshli shaxmatchilar musobaqasida ikkinchi tartib raqamli ishtirokchi bo'lgan Javohir Sindorov 7 ochko bilan 18-pog'onadan joy oldi. Jahon chempionati kashfiyotiga aylangan Afruza Hamdamova 11 imkoniyatdan 8 ochko to'plab, kuchli to'rtlikka yakun yasadi.

Hamyurtlarimizdan Yuliya Xegay 5,5 ochko bilan 55, Maftuna Bobomurodova esa 7,5 ochko bilan 11-o'rinni band etdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing