So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

20 noy 13:23
Yangiliklar

Kurash

Jahon chempionatidan medallar shodasi bilan qaytgan qoraqalpog'istonlik belbog'li kurashchilar kutib olindi

11-16 noyabr kunlari Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida belbog'li kurash bo'yicha kattalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Dunyoning o'ttizdan ziyod davlatining sara kurashchilari jam bo'lgan jahon chempionatining belbog'li kurash yo'nalishi erkin va klassik yo'nalishida ishtirok etgan terma jamoamiz 21 ta oltin, 11 ta kumush va 26 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni egalladi.

Albatta, ushbu jahon chempionatida etakchilik qilishda milliy terma jamoa tarkibidan joy olgan Qoraqalpog'iston polvonlarining ham natijalari etirofga sazovor.

Bokenbay Saduakasov, Qayrat Sariev va Qaynarbek Sariev shogirdlaridan Lazzat Zeripbay qizi (kattalar, 76 kg.) 3-o'rin, Sevara SHajenova (U-20, 66 kg.) 1-o'rin, Moldir Alimbaeva (U20, 48 kg.) 1-o'rin, Jasmina Oralbaeva (U20. 63 kg.) 2-o'rinni band etdi. 

SHu tariqa, Qozon shahrida o'tgan jahon chempionatida munosib ishtirok etgan va yorqin g'alabalarni qo'lga kiritgan nukuslik sportchilar ham qaytib kelishdi. SHu kuni olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha Nukus oliy sport mahorati maktabida g'olib sportchilarni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. 

Marosimda Qoraqalpog'iston Sport vazirligi, olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi, Qoraqalpog'iston davlat universiteti, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali vakillari, sportchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing