05 okt 10:30
Yangiliklar
Dzyudo

Jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslariga ham qura tashlandi
Bugundan Peru davlatining Lima shahrida start oladigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining so'ngi kuni aralash jamoaviy bellashuvlar ham o'tkaziladi.
Dunyoning saralangan 12 davlat terma jamoalari ishtirok etadigan jamoaviy musobaqaga qura tashlandi. O'zbekiston terma jamoasi o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri 1/4 finaldan boshlaydigan bo'ldi. Dzyudochilarimiz Turkiya va Peru terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv g'olibi bilan to'qnash kelishadi.
Katta ehtimol bilan 1/2 finalda Franciya, finalda esa Yaponiya terma jamoasiga qarshi tatamiga chiqamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar