22 avg 19:52
Yangiliklar
Eshkak eshish
Jahon chempionatining birinchi kunida beshta final yo'llanmasi qo'lga kiritildi
Vengriyaning Ceged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Birinchi kun yakunlari bo'yicha terma jamoamiz vakillari 5 ta yo'nalishda “A” finali yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Kanoe (K) juftlik (2), 200 metr: Artur Guliev va Elyor Mamadaliev – 36.11
K2, 500 metr: Artur Guliev va Elyor Mamadaliev – 1:44.14
B2, 200 metr: Ekaterina SHubina va Yuliya Borzova – 37.39
KL2, 200 metr: Azizbek Abdulhamidov – 42.68, yarim final 3-o'rin
KL3, 200 metr: SHahnoza Mirzaeva – 47.35, yarim final birinchi o'rin
SHuningdek, Buenos-Ayres o'smirlar Olimpiadasi chempioni 17 yoshli Gulbahor Fayzieva kanoening yakkalik yo'nalishida 500 metrga kechgan saralash bahsida yarim final yo'llanmasiga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar