So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

27 dek 20:11
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari yakuniga etdi

Qozog'istonning Almati shahri mezbonlik qilayotgan shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari yakunlandi.

Biroz avval rapid yo'nalishi bo'yicha 9-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov bu turda qora donalarda rossiyalik Daniil Dubov bilan durang o'ynadi. Bu bilan Nodirbek ochkolari sonini 7 taga etkazib, qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 3-o'rinni egallab turibdi. Bu turda amaldagi jahon toji sohibi Magnus Karlsen qora donalarda o'ynashiga qaramay, gruziyalik Giga Kuparadzeni mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu g'alaba norvegiyalikka 7,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib olishini taminladi. 

Birinchi ayol grossmeysterimiz Nafisa Mo'minova bu turda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Hamyurtimiz oq donalarda o'ynab, ukrainalik Anna Usheninaga imkoniyatni boy berdi. Bu turda Umida Omonova rossiyalik Olga Girya bilan durangga imzo chekdi. Afruza Hamdamova esa qozog'istonlik Liya Kurmangalie bilan ochkolarni bo'lashib oldi. 


SHaxmatchilarimizning 9-turdagi natijalari (erkaklar): 

Daniil Dubov (FIDE, 2741) - Nodirbek Abdusattorov (2676) 0,5-0,5

Richard Rapport (Ruminiya, 2802) - Nodirbek Yakubboev (2573) 0,5-0,5

Javohir Sindarov (2596) - Bardiya Daneshvar (Eron, 2419) 0,5-0,5

Jahongir Vohidov (2529) - Maksim Matlakov (FIDE, 2671) 0-1

SHamsiddin Vohidov (2481) - Robert Xovxannisyan (Armaniston, 2630) 0,5-0,5

Muhiddin Madaminov (2337) - Aryan Tari (Norvegiya, 2556) 0,5-0,5

Nderim Sarachi (Kosovo, 2441) - Muhammadzohid Suyarov (2089) 0-1

Humoyun Begmuratov (2292) - Aziz Degenbaev (Qirg'iziston, 2039) 1-0


Qizlarimizning 8-turdagi natijalari:

Nafisa Mo'minova (2242) - Anna Ushenina (Ukraina, 2371) 0-1

Umida Omonova (2059) - Olga Girya (FIDE, 2328) 0,5-0,5 

Liya Kurmangalie (Qozog'iston, 2114) - Afruza Hamdamova (2052) 0,5-0,5

Reyting: +2   

Fikrlar

   
28 dek 11:05:10
Jamshid Nasridinov
Omad
   
27 dek 22:34:07
Dilshod Uzoqov
Kim nechanchi urinda shuni ham yozingizlar.
   
27 dek 20:27:25
лазизбек темиров
Нодиржон, олға. Мен ҳар бир партиянгни кузатиб, мухлислик қиляпман.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing