13 noy 10:10
Yangiliklar
Jahon chempionatining ilk kuni 7ta medal qo'lga kiritildi, 4tasi oltin
Dunyoning ellikka yaqin davlati yosh polvonlari (qizlar va bolalar) jami 14ta vazn toifasida medallar uchun bahs olib borishyapti. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham bor.
Murod Do'simbetov va Olim Ravshanov murabbiyligidagi terma jamoamiz tarkibidan 13 nafar kurashchimiz joy olgan. Jahon chempionatining ilk kuni kurashchilarimizdan 66 kg vazn toifasida Ruslan Bo'riev, 66kg vaznda SHahram Ahadov, 73kg.da Rahmatullo Nuriddinov oltin medalni qo'lga kiritdi.
Qizlar o'rtasidagi musobaqaning 78kg vazn toifasida gilamga chiqqan Rahima Yo'ldosheva barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'ldi.
O'g'il bolalar o'rtasida bahslarning 60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulaziz Hamroev, 73kg vaznda Sadam Ahmedov kumush medalga sazovor bo'ldi. 87kg vazndagi Arofat Abdurahmonova esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Fikrlar