17 okt 09:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahon chempionatining ilk kunida ikki bokschimiz ringga chiqib, har ikkisi g'alabaga erishdi
CHernogoriyaning Budva shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati start oldi.
Musobaqaning dastlabki kunida O'zbekiston yoshlar terma jamoasining ikki nafar vakili ringga ko'tarildi.
-60 kg vazn toifasida Sevara Mamatova Yangi Zelandiya vakili Bruk Millerga qarshi jang o'tkazdi. Hamyurtimiz raqibini 5:0 hisobida mag'lub etib, navbatdagi bosqichga chiqdi.
+90 kg vazn toifasida Islam Salihov Kosovo vakili Luan Rahmani bilan to'qnashdi. Vakilimiz birinchi raunddayoq raqibini texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
SHu tariqa, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini ikki g'alaba bilan boshladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar