So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

28 dek 08:46
Yangiliklar

SHaxmat

Jahon chempionatining uchinchi kun bahslari oldidan shaxmatchilarimiz nechanchi o'rinlarda borishyapti?

SHu kunlarda Qozog'istonning Almati shahri shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Umumiy mukofot jamg'armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etgan jahon birinchiligining ikkinchi kungi bahslaridan so'ng eng yaxshi natijani kutilganidek Nodirbek Abdusattorov qayd etib turibdi. 

Rapid yo'nalishida amaldagi jahon chempioni, o'z unvonini himoya qilayotgan Nodirbek o'tkazilgan 9 partiyada 7 ochko jamg'arib, 178 shaxmatchi orasida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog'onada borayotgan rossiyalik Vladimir Fedoseev hisobida ham 7 ochko bor. 

Jahon toji sohibi Magnus Karlsen esa 7,5 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Abdusattorov 9 partiyaning 6 tasida g'alaba qozondi, ikki bor durang o'ynadi va faqat norvegiyalik Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


9-turdan keyin shaxmatchilarimiz egallab turgan o'rinlar:

3. Nodirbek Abdusattorov - 7 ochko

30. Nodirbek Yakubboev - 5,5 

79. Javohir Sindarov -5

89. SHamsiddin Vohidov - 4,5

115. Muhiddin Madaminov - 4

123. Jahongir Vohidov - 4 

142. Muhammadzohid Suyarov - 3,5

161. Humoyun Begmuratov - 3


Ayollar o'rtasida kecha 4 ta partiya o'ynaldi. Qizlarimizdan eng yaxshi natijaga Umida Omonova erishib turibdi. Kecha u 3 g'alaba va bir durang natija qayd etdi. Omonova qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4,5 ochko bilan 89-pog'onadan 40-o'ringa ko'tarilib oldi. 27-o'rinni egallab turgan shaxmatchida ham 4,5 ochko bor. 

Uzoq tanaffusdan so'ng terma jamoaga qaytgan mamlakatimizning birinchi ayol grossmeysteri Nafisa Mo'minova esa 8 imkoniyatdan 4 ochko jamg'ardi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 98 ishtirokchi orasida hozircha 44-pog'onaga joylashgan.  


Qizlar

40. Umida Omonova - 4,5 ochko

44. Nafisa Mo'minova - 4 

64. Afruza Hamdamova - 3,5

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing