14 apr 09:16
Yangiliklar
Taekvondo
Jahon chempionatining uchinchi kuni 4 nafar taekvondochimizga muxlislik qilamiz
Hozirgina poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining uchinchi kungi bahslari boshlandi.
Musobaqa dasturiga ko'ra, bugun yigitlar -45 kg, -73 kg, qizlar esa -42 kg va +68 kg vazn toifalaridagi bahslarda ishtirok etishadi.
Yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz:
SHohjahon Xolmurodov (-45 kg)
Axadjon Muxtorov (-73 kg)
Zuhra Izmailbaeva (-42 kg)
Sitora Asrorova (+68 kg).
Bugungi dastur:
9:00 — 14:00 (Saralash bosqichi)
15:00 — 17:30 (Nimchorak va chorak final bosqichi)
18:00 — 20:30 (Yarim final va final bosqichi).

Havola :
Fikrlar