So’nggi yangiliklar

20:05Хоригучи Асу Алмабаевга қарши жанг олдидан ўз устунликларини санаб ўтди 0 19:30Футболчи ҳакамга тош отгани учун 8 йилга дисквалификация қилинди 0 18:47Асламжон Ортиқовнинг Асадулла Имангазалиевга қарши реванш жанги тўлиқ давом этди 0 18:12Олимпия ўйинларида эркаклар боксига ҳимоя шлемлари қайтарилиши мумкин 0 17:05Илия Топурияга UFC'да вазн тоифасини ўзгартириш таклиф қилинди 0 16:16Баходир Жалолов Деонтей Уайлдерга рақиб сифатида таклиф қилинди 0 15:29Бугун "Нефтчи" Суперлигада чемпион бўлиши мумкин 0 14:45Руслан Абдуллаев эртанги жанги олдидан медиа тадбирларда иштирок этди 0 13:26UFC Рамазон Темировни яна допинг текширувидан ўтказди 0 12:39"Ҳисоб 2:2 бўлади". Мераб яна Петр Ян билан жанг қилмоқчи 0 11:12U-17 ЖЧ. Бугун Ўсмирларимиз мусобақадаги юришини бошлайди 0 10:01UFC турнири Қозоғистонда 2027 ёки 2028 йилдаёқ ўтказилиши мумкин 0 08:52UFC 2027 йил март ойида Японияда турнир ўтказиши мумкин: Темировнинг кейинги жанги кунчиқар юртда бўладими? 0 07:11Бугун 9 нафар дзюдочимиз жаҳон чемпионати медаллари учун курашади (Жуфтликлар) 0 19:25“Арсенал” 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирмоқда 0

21 dek 10:04
Yangiliklar

Dzyudo, Taekvondo, Tadbirlar

Jahon chempionatlarida shohsupaga ko'tarilgan yosh sportchilarimiz pul mukofot bilan taqdirlanishdi

Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida dunyo birinchiliklarida shohsupaga ko'tarilgan yosh atletlarimiz va ularning trenerlariga pul mukofotlari topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi «Mamuriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 114-son Qaroriga binoan har yili Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlarida sovrindor bo'lgan sportchilar hamda ularni tayyorlagan murabbiylar bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi. 

Tadbirda O'zbekiston Respubilkasi Sport vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, yosh sportchilarimiz hamda ularning ustozlari ishtirok etishdi. Marosim avvalida so'z olgan rasmiylar o'zbek sportining kelajagi bo'lgan yoshlarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, ularga kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiliklari va Olimpiya o'yinlarida ham shohsupaga ko'tarilishlarini tilashdi.

SHundan so'ng jahon chempionatlarida shohsupaga ko'tarilgan 45 nafar sportchi va ularning murabbiylariga pul mukofotlarining sertifikatlari taqdim etildi. Prezident qaroriga muvofiq, oltin, kumush va bronza medali sohiblari mos ravishda 3500, 1750 va 875, ularni tayyorlagan trenerlar esa 2000, 1000 va 500 AQSH dollari miqdorida taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing