23 apr 14:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahon chempioni Artur Beterbiev fuqaroligini o'zgartirmoqchi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Artur Beterbiev fuqaroligini o'zgartirmoqchi ekanini tan oldi.
Rossiyalik jahon chempioni Kanada fuqaroligini olish istagida. Artur bir necha yildan beri Kanadaning Monreal shahrida yashab, aynan okean orti mamlakatida o'z janglarini o'tkazib kelmoqda.
"Bu erda doimiy yashash joyim bor. Hammasi bosqichma-bosqich davom etmoqda. Fuqarolik qabul qilish uchun fursat etishi bilan bu borada so'nggi qadamni tashlayman. Lekin men har qanday holatda ham qalban rossiyalik bo'lib qolaveraman. Rossiyada dunyoga keldim, hayotimning katta qismi vatanimda o'tdi", - dedi Beterbiev.
Havola :
Fikrlar