14 sen 15:45
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempioni Zantaraya siyosiy faoliyatini boshlamoqchi
Ukrainalik mashhur dzyudochi, jahon chempioni Georgiy Zantaraya sportchilik faoliyatini yakunlab, o'zini siyosatda sinab ko'rish istagida ekanini malum qildi.
Tez orada 32 yoshli sportchi bu haqida rasman elon qiladi. Georgiy Zantarayaning nomzodi "Slugi naroda" siyosiy partiyasi tomonidan Kiev shahri uchun o'tkaziladigan saylovlarga qo'yilgan.
Eslatib o'tamiz, Georgiy Zantaraya 5 sentyabr kuni Kievda o'zining shaxsiy dzyudo maktabini ochgan edi. Ukrainalik mashhur sportchilar yunon-rim kurashchi Jan Belenyuk hamda engil atletikachi Olga Saladuxa ham "Slugi naroda" siyosiy partiyasi azolari hisoblanishadi.
Havola :
Fikrlar