So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

18 apr 10:11
Yangiliklar

Boshqalar

Jahon kubogida munosib ishtirok etgan sambochilarimiz taqdirlanishdi

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida Jahon kubogida zafarli qatnashgan sambochilarimiz g'alabasi sharafiga taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, MOQ rahbariyati, O'zbekiston sambo federaciyasi mutasaddilari, sportchilar va OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Eslatib o'tamiz, 22-23 mart kunlari Moskvadagi “Lujniki” Olimpiya sport kompleksida sportning sambo turi bo'yicha Jahon kubogi bo'lib o'tgan edi. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 13 nafar sportchi himoya qildi. Umumiy hisobda vakillarimiz 2 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 13 ta medal jamg'arib, jangovor sambo yo'nalishida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishgan.

Musobaqada oltin medalni Zafar Allaberganov (-68 kg, jangovor sambo) va Sirojiddin Anorqulov (-57 kg, jangovor sambo) qo'lga kiritgan bo'lsa, Bekzod Nurmatov (-82 kg, jangovor sambo), Zarnigor O'rmonova (-56 kg), SHerzod Rasulov (-62 kg), Istam Qudratov (-74 kg), Hakimjon Ismailov (+100 kg, jangovor sambo) va Nemat Yoqubov (-90 kg) kumush medal egasi bo'lishdi. SHuningdek, Ulug'bek Rahmonov (-82 kg), Zuhraxon Mamurjonova (-52 kg), Timur Xudoyqulov (-68 kg), Abdikerimov Ikrom (-52 kg) va Jalolov Abbos (-74 kg) shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilgan.

Musobaqada g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar, shuningdek, ularning murabbiylari MOQ tomonidan Samsung Galaxy Tab plansheti va diplom bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing