24 fev 11:52
Yangiliklar
Dzyudo, Boshqalar
Jahon kubogida paradzyudochilarimizga teng keladigani topilmadi
Paradzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Tbilisida bo'lib o'tgan Jahon kubogida muvoffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqaning dastlabki kunida 4 ta medalni qo'lga kiritgan paradzyudochilarimiz, bugungi bellashuvlarda yana 3 ta medalga sazovor bo'lishdi.
Hamyurtimiz SHirin SHaripov +100 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag'lub etgan holda shohsupaning eng yuqori o'rnidan joy olgan bo'lsa, Dovurxon Karamatov hamda SHarif Xalilov musobaqaning bronza medaligini qo'lga kiritdi.
Yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar