So’nggi yangiliklar

21:07FIFA Series. Ўзбекистон Венесуэлани мағлуб этди 0 19:05Арман Царукян Чимаев — Стрикленд жангига тахмин билдирди 0 18:41"Реал"нинг ёзги биринчи трансфер мақсади аниқ 0 18:20Оғир атлетика бўйича 2026 йилги Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 17:59Ўзбекистон яна бир истиқболли спортчини маҳаллийлаштирди 0 17:38Девин Хейни Роландо Ромерога Шаҳрам Ғиёсов билан жанг қилишни маслаҳат берди 0 17:15"Ливерпул"нинг янги мавсумдаги мураббийи маълум 0 16:52Арман Царукян вазнини ўзгартиришга тайёр 0 16:25Дана Уайт Адесаньянинг мағлубияти ҳақида гапирди 0 16:02"Ҳозирги Макгрегор Хабибни икки дақиқада мағлуб этади" - ММА жангчиси 0 15:39Сеговиа Теласко: "Ўзбекистонга қарши ўйин қийинроқ бўлиши аниқ" 0 15:18Топурия — Гэтжи жангида захира жангчиси ким бўлиши айтилди 0 14:55Қирғизистонлик мураббий Франция терма жамоаси бош мураббийига айланди 0 14:33Арман Царукян: "Одамлар мени ақлдан озган деб ўйлашади, лекин..." 0 14:12Ўзбекистоннинг ЖЧ-2026`даги гуруҳдоши ўртоқлик ўйинида Францияга ютқазди 0

02 noy 21:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Jahon terma jamoasi tarkibida birgina Madiyar Saidrahimov g'alaba qozondi

Teglar :  Madiyar Saidrahimov
Bugun Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida navbatdagi boks kechasi bo'lib o'tdi.

"VTB Arena" mezbonlik qilgan boks kechasida Moskvaning "Dinamo" hamda Jahon boks terma jamoalari o'zaro ringda to'qnash kelishdi. Turnir 7 ta olimpiya vazn toifasida o'tkazildi. Janglar 3 daqiqadan 3 raund davom etdi. 

Biz uchun ahamiyatlisi, jahon boksi yulduzlari terma jamoasi tarkibida hamyurtimiz Madiyar Saidrahimov ham jang o'tkazdi. -92 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz mezbon bokschi Ramazan Dadaevga qarshi ringga ko'tarildi. Jahon va Osiyo chempionati sovrindori hisoblangan Madiyar raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. 

Aynan Madiyar Saidrahimov Jahon terma jamoasi tarkibida g'alaba qozongan yagona bokschi bo'ldi. Qolgan barcha juftliklarda "Dinamo" jamoasi bokschilari zafar quchishdi.    

Barcha juftlikdagi natijalar:

51 kg: Edmond Xudoyan hakamlar qaroriga ko'ra namibiyalik Immanuel Yozefni taslim etdi;

57 kg: Eduard Savvin ikkinchi raundda qozog'istonlik Iskander Xarsanni texnik nokautga uchratdi;

63,5 kg: Ilya Popov hakamlarning yakdil qarori bilan armanistonlik Narek Oganesyanni mag'lub etdi;

71 kg: Igor Sviridchenkov hakamlarning yakdil qarori bilan kongolik Stiv Kulengulukudan ustun keldi;

80 kg: Egor SHapochanskiy birinchi raundda singapurlik Kittipong Czyan Xao Xoni texnik nokautga uchratdi;

92 kg: Ramazan Dadaev hamyurtimiz Madiyar Saidrahimovga ochkolar hisobida yutqazdi;

+92 kg: Yaroslav Doronichev hakamlar qarori bilan kamerunlik Mvogo Amuguni engdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
03 noy 05:03:17
Iymon
Не хуйя себя какой Жахон термаси. Лаънати Руслар каёкдаги мусурларни чакириб Жахон термаси дейдими... Долбоёвлар
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing