03 dek 08:25
Yangiliklar
SHaxmat

Jahon toji uchun 2,5 mln dollarlik bahs: Lijen va Gukesh bugun 7-partiyada to'qnash keladi
Amaldagi jahon chempioni xitoylik Din Lijen hamda hindistonlik davogar Gukesh Dommaraju ayni kunlarda jahon toji uchun o'zaro kurash olib borishmoqda.
Bugungacha 6 ta partiya ortda qolgan. Hisob esa jangovar durang - 3:3! Kecha turnirda damo olish kuni edi. Bugun mazkur qarama-qarshilikdagi 7-partiya o'tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.
Malumot uchun, umumiy hisobda 14 ta partiya o'ynaladi. Vaqt nazorati 40 ta yurish uchun 120 daqiqa beriladi. 41-yurishdan boshlab esa 30 daqiqa va har bir yurish uchun 30 soniyadan qo'shiladi.
Bahslar Singapurdagi Sentosa orolida o'tkazilmoqda. Jahon toji uchun matchning umumiy mukofot jamg'armasi 2,5 million AQSH dollarini tashkil qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar