09 dek 10:41
Yangiliklar

Jahon toji uchun bahsda 18 yoshli Gukesh muhim g'alabani qo'lga kiritdi
2024 yilgi jahon toji uchun amaldagi jahon chempioni Din Lijen (Xitoy) hamda davogarlar turniri g'olibi 18 yoshli Gukesh Dommaradju (Hindiston) o'zaro bahs olib borishyapti. Kecha o'tkazilgan 11-partiyada hindistonlik grossmeyster muhim g'alabani qo'lga kiritdi va umumiy hisobni 7:6 ko'rinishiga keltirdi.
Bu partiyaga qadar shaxmatchilar ketma-ket 7 ta uchrashuvda durangga imzo chekishgan edi. Grossmeysterlar 14 ta partiyada o'zaro hisob-kitob qilishadi. Hisob durang bo'lib qolgan taqdirda g'olibni aniqlash uchun qo'shimcha tay-brekka murojaat qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Dommaradju va Lijen o'rtasidagi uchrashuv 138 yillik tarixni yangilagan. Yani, oradan 138 yi o'tib, ikki Osiyo vakillari jahon toji uchun o'zaro dona surishyapti. SHuningdek, bu Janubiy-SHarqiy Osiyo mintaqasida o'tkazilayotgan tarixdagi ikkinchi turnir hisoblanadi. Birinchi musobaqa 1978 yili Filippinning Bagio shahrida tashkil etilgan edi.
Fikrlar