06 apr 09:08
Yangiliklar
Jahon toji uchun Davogarlar turnirining ikkinchi turida hech kim murosa qilmadi
Erkaklar va ayollar o'rtasidagi ushbu musobaqada 8 nafardan shaxmat yulduzlari jahon toji uchun davogar nomini aniqlab berish uchun o'zaro dona surishyapti.
Erkaklar o'rtasidagi turnirda amerikaliklar Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, hind grossmeysterlari Santosh Gujrati, Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanadha, ozarbayjonlik Nijat Abasov, franciyalik Alireza Firuzja hamda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Yan Nepomnyashiy o'z mahoratini namoyish etmoqda.
Etiborlisi, 2-turning hech bir partiyasida tomonlar murosaga kelishmadi. Birinchi turda esa buning aksi bo'lgandi. Yani barcha to'rt partiyada grossmeysterlar durangga imzo chekishgandi. 22 aprelga qadar davom etadigan ushbu turnir g'olibi amaldagi jahon chempioni, xitoylik grossmeyster Din Lijenga qarshi jahon toji uchun dona surish huquqini qo'lga kiritadi. Lijen Yan Nepomnyashiyni mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylangan edi.
Candidates Tournament 2024. 2-tur natijalari (Erkaklar)
Hikaru Nakamura (AQSH, 2789) - Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) - 0:1
Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2747) - Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) - 0:1
Yan Nepomnyashiy (FIDE, 2758) - Alireza Firuzja (Franciya, 2760) - 1:0
Fabiano Karuana (AQSH, 2803) - Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632) - 1:0
Candidates Tournament 2024. 3-tur juftliklari:
Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632) - Hikaru Nakamura (AQSH, 2789)
Alireza Firuzja (Franciya, 2760) - Fabiano Karuana (AQSH, 2803)
Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) - Yan Nepomnyashiy (FIDE, 2758)
Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) - Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2747)
Malumot uchun, ushbu davogarlar turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmayapti. Boisi, musobaqaning barcha sakkiz ishtirokchisi turli saralash turnirlari orqali yo'llanmani qo'lga kiritgan.
Fikrlar